Bitiruv marosimi
Bitiruv kuni barcha bitiruvchilar, ularning oilalari va do'stlari uchun bayram hisoblanadi. Bu ularning talabalik hayoti davomida erishgan barcha yutuqlarini nishonlash va TSMRIda o鈥檛kazgan yillarga nazar tashlash imkoniyatidir. TSMRI har doim bu kunni unutilmas qilishga intiladi.
Bu sahifada bitiruvchilarning bitiruv kuni talabalar xotirasida eng baxtli kunlardan biri sifatida qolishi uchun nima qilishlari kerakligini bilib olishingiz mumkin.
Bitiruv marosimida qatnashish huquqi
Barcha talabalar Talabalarga xizmat ko鈥檙satish bo'limida (SSU) bitiruv marosimiga muvofiqligini tekshirishlari lozim.
Diplomni qo鈥檒ga kiritish va bitiruv marosimida qatnashish uchun siz quyidagi shartlarni amalga oshirishingiz kerak:
- o'quv dasturini yakunlash va barcha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish hamda;
- TSMRI ga nisbatan hech qanday qarzlar bo'lmasa, bitiruv marosimida qatnashish huquqiga ega bo鈥檒asiz
Bitiruv marosimiga taklifnoma
Agar diplom olish uchun barcha talablar bajarilgan bo'lsa, ro'yxatdan o'tish yo鈥檙iqnomasi talabaga veb-pochta manzili orqali yuboriladi, unda quyidagi ma'lumotlar aks ettiriladi, lekin ular bilan cheklanmaydi:
- Taklifnoma;
- Tasdiqlash arizasi.
Talabalar tasdiqlash arizasida ko'rsatilganidek, bitiruv kunidan olti (6) hafta oldin tashrif buyurishlarini tasdiqlashlari kerak.
Bitiruv libosi
Bitiruv marosimi talabalar yutuqlarining rasmiy bayramidir va biz barcha bitiruvchilarni mos ravishda kiyinishga chorlaymiz. TSMRI barcha bitiruvchilarni zarur tantanali kiyim va atributlar bilan ta'minlaydi. Bitiruvchilarga tegishli kiyimsiz bitiruv marosimida qatnashish taqiqlanadi.
TSMRI bitiruv marosimida ishtirok etish shartlari bo驶yicha batafsil ma始lumotni ssu@mdis.uz elektron manziliga so驶rov yuborish orqali olishingiz mumkin.